“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining ochilish marosimi

img

Joriy yilning 21-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yildan buyon har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. 

Ochilish marosimida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va mas’ullari, shuningdek, tanlov ishtirokchilari qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.