“TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi

img

22-may kuni Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “TechnoWays” harbiy ilmiy-innovatsion marafoni start oldi.

Marafonda Mudofaa vazirligi tizimidagi 5 ta oliy harbiy bilim yurtlarining yosh tadqiqotchilari hamda iqtidorli kursantlari ishtirok etdilar. 

Ochilish marosimida Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Z.Iminov va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev so‘zga chiqib, mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirishda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar. 

Marafon doirasida innovatsion harbiy loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda 150 dan ortiq ishlanmalar namoyish etildi. Tadbir davomida 5 nafar kursant Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.  

Shuningdek, “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida tashkil etilgan “Mudofaa sohasidagi ilmiy g‘oyalar” tanlovida ishtirok etayotgan ilmiy g‘oyalarning taqdimotlari boshlandi.