WIPO delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-may kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida WIPO bosh direktori Daren Tang, bosh direktorning mintaqaviy va milliy rivojlanish sektori bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Kleyb, Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar departamenti direktori Habip Asan, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻlimi boshligʻi Ilya Gribkov uchrashuvda qatnashishdi.
Uchrashuv davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Otabek Maxkamov Global innovatsion indeksda O'zbekiston o'z o'rnini mustahkamlab borayotgani, xususan, intellektual mulkka oid indikatorlar bo'yicha barqaror o'sish kuzatilayotgani va buning uchun Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida ma'lumot berdi.
Uchrashuv so'ngida taraflar ilm-fan va innovatsiyalar ekotizimini mustahkamlash, intellektual mulk tizimini yanada kuchaytirish, WIPO akademiyasi bilan yana yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.