Plug and Play platformasi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening tashkillashtirildi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi va Plug and Play platformasi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening tashkillashtirildi. 

Seminarda mamlakatimizdagi 24 ta oliy ta'lim muassasasidan 50 ga yaqin professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi-talabalar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. 

Seminar davomida Plug and Play venchur fondi investori Tommaso Fontirossi va O'zbekistondagi vakili Ozodbek Odilbekov oliy ta'lim muassasalarida inkubator dasturlarlarini to'g'ri tashkillashtirish va startaplarni akseleratsiya qilish borasida taqdimot o'tkazishdi.  

Bundan tashqari, PREEN MChJ direktori Fahriddin Rahimov seminar ishitokchilari bilan startaplarni rivojlantirish va mahsulotni dunyo bozoriga olib chiqish bo'yicha o'z tajribasi bilan bo'lishdi.

Seminar yakunida, ochiq muloqot o'tkazilib, unda professor-o'qituvchilar o'zlarining amaliyotdagi startap loyihalarini taqdim etishdi.