Qozog‘istonning “Pinam Group” va “KER-Avtomatika” kompaniyalari bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Qozog'istonning "Pinam Group" va “KER-Avtomatika” kompaniyalari bilan hamkorlikda energetika sohasini rivojlantirish borasida uchrashuv tashkil etildi.
“Sharq ayoli” Xalqaro ayollar jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda energiya obyektlarini kompleks avtomatlashtirish va nazorat qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida “Sharq ayoli” fondining innovatsiyalar va texnologiyalar transferi yo‘nalishidagi faoliyati va davlatimizning ustuvor vazifalari bilan uyg‘un loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Qozog’iston kompaniyalarining xalqaro tajribasi, energetika va neft-gaz sohalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, diagnostika va texnik audit bo‘yicha ilg‘or yechimlari namoyish etildi.
Tomonlar kelgusida ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy sharoitga tatbiq etishda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.