Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashishdi

img

 
Joriy yilning 30-yanvar kuni INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashishdi. 
 
Uchrashuvda Xitoy delegatsiya tarkibida Sinchan tumani Fan va texnologiyalar uyushmasi kotibi, “Sinchan Chen’yue Texnologik axborot va konsalting”, “Zhejiang Xinyi mexanik texnologiyalar”, “Shaoxing Jinghai neft-kimyo”, “Zhejiang Jinggong poʻlat konstruktsiyalar” kompaniyalari vakillari qatnashishdi. 
 
Tomonlar fan va texnologiyalar, qurilish sohasidagi innovatsiyalar rivojiga hissa qo'shuvchi qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 
 
Mehmonlar aprel oyida Toshkentda o'tkaziladigan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasidagi ko'rgazmalar va dron musobaqalarida ishtirok etishga taklif etildi.