Qishloq xo‘jaligi sohasida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi

img

Joriy yilning 31-mart kuni “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki binosida “Oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash orqali qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda organik o‘g‘itlardan foydalanish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar organik chiqindilarni qayta ishlash va ularni qishloq xo‘jaligida samarali qo‘llash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.  Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, ilmiy muassasalar va soha vakillari tomonidan ilg‘or agroamaliyotlar, mahsulotlarni markirovkalash hamda organik o‘g‘itlardan foydalanish tajribalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlar uchun texnoparkning laboratoriyalari, texnik zonalari va issiqxonasiga ekskursiya tashkil etilib, unda zamonaviy ishlanmalar va innovatsion infratuzilma namoyish etildi.