Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

 

Tashrif davomida mamlakatimizda texnologiyalar transferi hamda tijoratlashtirish sohasida yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinib, bu boradagi hamkorlik ishlarini jadallashtirish borasida muzokaralar olib borildi. 

 

Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari tomonidan universitet o’quv dasturiga tijoratlashtirish va loyiha boshqaruvi bo’yicha mashg’ulotlarni qo’shish, shuningdek, hamkorlikda biznes inkubatorlarni joriy qilish taklifi berildi.

 

Shu bilan bir qatorda, kimyo sinov va tajriba laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishildi va laboratoriya imkoniyatlaridan tarmoq tashkilotlararo tijoratlashtirish sohasida foydalanish masalalari muhokama qilindi.