Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari va amaliyotchi talabalari "Android robot-2023" ko'rgazma-konkursida 1-o’rinni egallashdi

img

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent politexnika muzeyida yosh robot ixtirochilari o'rtasida birinchi odamsimon robot ixtirochisi Jak De Vokanson tavalludiga bag'ishlangan ko'rgazma-konkurs bo'lib o'tdi. 

Ko'rgazmada Innovatsiyalar Milliy ofisi Ishlanmalarni rivojlantirish va ularni prototiplashtirishga ko'maklashish bo'limi ko'magida amaliyotchi va talaba xodimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalar taqdimoti o'tkazildi.

Tadbir yakunida Ishlanmalarni rivojlantirish va prototiplashtirishga ko'maklashish bo'limi amaliyotchisi Javlon Yaxshiliqov 1-o'ringa loyiq ko'rilib, diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun: 1709-yilning 24-fevralida Fransiyaning Grenobl shahrida tug'ilgan Jak de Vokanson o'z davrida avtomatlashtirilgan ixtirolari bilan mashhurlikka erishgan. Mexanik kashfiyotchining eng yorqin ixtirolari bu mustaqil ovqatlana oladigan o‘rdak va fleyta chaladigan haykal bo'lgan. Keyinchalik mashhur kashfiyotchining tug‘ilgan sanasi robotlar kuni sifatida e'tirof etila boshlangan. Mazkur "Android robot-2023" ko'rgazma-konkursi o‘tkazish uchun ham kashfiyotchining tug'ilgan sanasi tanlangan. Ko'rgazma-konkursning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar o'rtasida texnik ijodkorlik va robototexnikani rivojlantirish va ommalashtirishdan iborat.