Innovatsiyalar Milliy ofisi vakillari Turin politexnika universitetiga tashrif buyurishdi

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari hamkorlikning yangi yo’nalishlarini belgilab olish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif doirasida universitet qoshida tashkil etilgan texnopark va Spenoff kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi. 

Respublikamizda texnologiyalar transferi hamda tijoratlashtirish sohasida yaratilgan imkoniyatlarining kengligidan kelib chiqib, hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo’lgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.