“Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi istiqbollari muhokama qilindi

img

Bugun, 10-mart kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori v.b. Farhod Jumayev, Innovatsion rivojlanish agentligi xalqaro reytinglar bo'yicha mas’ul xodimlari va Ekvita konsalting kompaniyasi vakillari o’rtasida Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi muhokamasi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. 

 

Uchrashuv davomida “Murabbiylik va biznes-inkubatsiya” qishloq xo‘jaligi tadbirkorlari loyihasi bo’yicha shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. 

 

Bundan tashqari, loyiha doirasidagi keyingi bosqichlarni, xususan startap loyihalarini qabul qilish jarayonlarini jadallashtirish masalasi ko’rib chiqildi.  

 

Shuningdek, muzokaralar davomida Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalarining innovatsiyalarga mas’ul xodimlari hamda mazkur hududlardagi tadbirkorlar uchun “Biznes-inkubatsiya va biznes-akseleratsiya” yo’nalishlarida seminar-treninglar tashkil etilib, seminar yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikat topshirilishiga kelishib olindi.