“Mirzo Ulug’bek vorislari" ko'rik-tanlovining tumanlararo bosqichlari davom etmoqda

img

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi ixtirochi yoshlarni kashf qilish va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022-yildan boshlab Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili tashkil qilinayotgan “Mirzo Ulug’bek vorislari" ko'rik-tanlovining tumanlararo bosqichlari davom etmoqda.

Joriy yilning 16-mart kuni Talabalar shaharchasida joylashgan Ma'naviyat markazida Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida istiqomat qiluvchi yoshlari orasida  "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining 1- bosqichi bo'lib o'tdi. Dastlabki bosqichda jami 53 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tanlov natijalariga ko'ra Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlaridan iborat tanlov hay'ati tomonidan Bektemir tumanidan 4 nafar, Mirobod tumanidan 5 nafar ishtirokchilarning loyihalari tanlab olinib, keyingi bosqichga yo'llanma berildi.
 

Eslatib o’tamiz, tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.