"TOK BOR" kompaniyasi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

img

Joriy yilning 11-may kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori "TOK BOR" kompaniyasi vakili Irina Kostandorova bilan uchrashdi. 

 

«TOK BOR» kompaniyasi O'zbekistonda birinchi elektr yoqilg'i shoxobchalari tarmog'i bo'lib, 2020-yildan boshlab mamlakatimizda elektromobillarga quvvat berish stansiyalarini yetkazib berish, ularni joylashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanib kelmoqda.

 

Uchrashuv davomida Innovatsiyalar Milliy ofisi "TOK BOR" kompaniyasining O'zbekistondagi faoliyatini rivojlantirish va bozor segmentlarini kengaytirish masalalarida hamkorlik ko'magini ko'rsatish taklifini berdi. Xususan, Innovatsiyalar Milliy ofisi tasarrufidagi hududiy tashkilotlar va tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va xizmatlarini taklif qilish uchun imkoniyat yaratishga kelishib olindi.