Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida "Harbiy kadrlarni tayyorlashning muammolari yechimlari va takliflari" nomli xalqaro anjuman o'tkazildi.

2022- yilning 14- dekabr kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida "Harbiy kadrlarni tayyorlashning muammolari yechimlari va takliflari" nomli xalqaro anjuman o'tkazildi.
Unda Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To`ychiyev ishtirok etdi va "Innovatsion rivojlanish vazirligini harbiy kadrlar tayyorlashdagi o’rni" mavzusida nutq so`zladi.
So`ngi yillarda, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan harbiy sohaga doir bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining 2022-yilgi Respublika bosqichida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti vakillari tomonidan yaratilgan “Masofadan boshqariladigan mini-tank qurilmasi” loyihasi g‘oliblar safidan o`rin egalladi.
Shuningdek, marafonda harbiy loyihasi bilan g‘olib bo‘lgan jamoa vakillari shu yil sentyabr oyida Turkiya Respublikasing Samsun shahrida bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik “TEKNOFEST” aviasiya, kosmik va texnologiya festivalida qatnashib kelishdi.
Joriy yilda Innovatsion rivojlanish vazirligida xavfsizlik sohasiga bag‘ishlab “Mudofaa vazirligi haftaligi” ham tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchi va kursantlari 55 ga yaqin innovatsion g‘oya va ishlanmalari, texnologiyalari, prototiplar va modellari bilan ishtirok etishdi.