Berlin Partner for Business and Technology kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkillashtirildi

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari Germaniyaning yirik Berlin Partner for Business and Technology kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkillashtirishdi. 

 

Berlin Partner for Business and Technology iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish yo'nalishlarida xalqaro hamkorlik qiluvchi yirik davlat kompaniyasi bo'lib, hozirgi kunga qadar 4500 dan ortiq startap va skeylap loyihalarni rivojlantirish va moliyalashtirishda qatnashgan. 

 

Uchrashuv davomida Germaniya va O’zbekiston o’rtasida innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, startap va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish va sohalar yuzasidan tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizdagi startaplar uchun Yevropa bozoriga chiqish imkoniyatlarini o'rgatuvchi qo'shma loyihalar ishlab chiqishga kelishib olindi, Berlin Partner vakillariga bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. 

 

Berlin Partner vakillari O'zbekistonda tashkil etiladigan innovatsion g'oyalar haftaligi INNOWEEK-2023 da qatnashish uchun taklif etildi.