Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o’tkazildi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi vakillari bilan Hannover Messe ko’rgazmasi doirasida o'zaro hamkorlik bo’yicha belgilab olingan masalalar yuzasidan onlayn uchrashuv o’tkazishdi.  
 
Xususan, Siemens Energy kompaniyasining energetika, kimyo, neft-gaz  va boshqa turli sohalardagi innovatsion mahsulot va  keng ko'lamli yechimlarni O'zbekistondagi tarmoq korxonalariga joriy qilish masalasi muhokama qilindi. Jumladan, "Ester" ekologik transformator moyi ishlab chiqarish va ammiakdan vodorod olish kabi istiqbolli loyihalarni mamlakatimiz hududiga moslashtirgan holda mahalliylashtirish masalasi ham ko'rib chiqildi.  
Shuningdek, Siemens Energy kompaniyasi tomonidan taklif qilinayotgan  ilg’or ishlanmalardan mamlakatimiz sharoitida foydalanish istiqbollari haqida so’z bordi. Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar. Keyingi bosqichlarda O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni hamkorlikka jalb qilish uchun Siemens Energy kompaniyasi vakillari ishtiorkida joriy yilning 24-may kuni davra suhbati tashkil etish rejalashtirildi.