Siemens Energy kompaniyasi vakillari Innovatsiyalar Milliy ofisiga tashrif buyurdi
Dastlabki, Germaniyada bo'lib o'tgan Hannover Messe ko'rgazmasi doirasidagi tanishuv va bir necha onlayn uchrashuvlardan so'ng Siemens Energy kompaniyasi vakillari dinamik tarzda rivojlanib borayotgan O’zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirib, bugun, 24-may kuni Innovatsiyalar Milliy ofisiga shaxsiy tashrifni amalga oshirdilar.
Uchrashuvga mamlakatimizda energetika va yashil texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi vazirliklar, sanoat korxonalari va boshqa manfaatdor tashkilot vakillari ham taklif qilindi.
Uchrashuv davomida energetika sohasiga yashil texnologiyalarni joriy qilishda Germaniya tajribasi haqida sôz bordi. Shuningdek, Siemens Energy kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan energetika, kimyo, neft-gaz sohalariga bug' va gaz turbinalari ko'rinishidagi yangi ilg’or yechimlarni joriy qilish, sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish uchun avtomatlashtirish loyihalari taqdimoti ôtkazildi.
Uchrashuv so'ngida tomonlar hamkorlik borasida o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha savollariga javob oldilar.
Bundan so'ng, Siemens Energy vakillari bilan "Ohangaron Tech Industrial" Texnoparki va "Olmaliq kon-mettalurgiya kombinati" AJ rahbariyati o'rtasida ham alohida b2b muzokaralar tashkil etildi.