Singapurning yirik kompaniya rahbarlari va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi

img

Joriy yilning 24-may kuni Singapur Biznes federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "networking" sessiyasida Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farxod Jumayev va Yoshlar Akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov ishtirok etib, Singapurning bir qancha yirik kompaniya rahbarlari va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

 

Shulardan biri koinot texnologiyalari, sanoat 4.0 hamda boshqaruvsiz transport vositalari sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan NGarde Vebtures Pte, Ltd. kompaniyasi ijrochi direktori Ivan NG bo'ldi. Muzokaralar natijasiga ko'ra NGarde Ventures hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatishga hamda bu yil bo'lib o'tadigan InnoWeek.Uz-2023 haftaligida Ivan NGning spiker va hakam sifatida ishtirok etishiga kelishib olindi. 

 

Bundan tashqari, Gemx Technologies Pte Ltd ijrochi direktori Asmadi Bin Ahmad hamda Enercon Asia Pte Ltd raisi Azhar Othman bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Singapur kompaniyalarning O'zbekistonda ochilgan filiallariga chet tillarini mukammal o'zlashtirgan va texnologiyalar sohasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega o'zbek yoshlarini ishga jalb qilishga kelishib olindi.