"Sun'iy intellektga asoslangan zamonaviy platformalar va ularning afzalliklari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi

img

Joriy yilning 25-may kuni Аkseleratsiya dasturlari, oʼquv va trening kurslarini tashkil etish boʼlimi tomonidan Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari uchun "Sun'iy intellektga asoslangan zamonaviy platformalar va ularning afzalliklari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 

 

Seminar davomida bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan sun'iy intellekt, uning qobiliyatlari, ish jarayonlarini soddalalashtirish va qulaylashtirishga qaratilgan platformalar, ulardan to'g'ri va unumli foydalanish borasida ma'lumotlar berildi va xodimlarni qiziqtirgan savollar asosida suhbat o'tkazildi.