Shveysariyaning INEXTO kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

img

Joriy yilning 30-may kuni Innovatsiyalar Milliy ofisida Shveysariyaning INEXTO kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 

INEXTO ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni autentifikatsiya qilish, markirovkalash, seriyalashtirish, yetkazib berishni nazorat qilish va ishlab chiqarish hajmini tekshirish uchun dasturiy ta'minotlarni taqdim etuvchi yirik yetakchi kompaniya hisoblanadi. 

 

Uchrashuv davomida INEXTO kompaniyasi vakillari ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan muvaffaqiyatli va tejamkor texnologiyalar va dasturiy ta'minotlar taqdimotini o'tkazishdi, Uchrashuv yakuniga ko’ra O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni hamkorlikka jalb qilish, ilg'or va innovatsion yechimlarni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirgan holda sanoat korxonalariga jory qilish yo'nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.