BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Qo‘mitasining 16-yig‘ilishida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova nutq so'zladi

img

Joriy yilning 31-may kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida bo'lib o'tayotgan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Innovatsiyalar, raqobatbardoshlik va davlat-xususiy sheriklik Qo‘mitasining 16-yig‘ilishida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova nutq so'zladi. 

 

"Raqamli va yashil transformatsiyalar: innovatsiyalar va davlat-xususiy sheriklikning roli" mavzusida bo'lib o'tayotgan ushbu yig'ilishda Shahlo Turdikulova O'zbekistonda yashil texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlar va bu boradagi xalqaro hamkorlik natijalari haqida so'z yuritdi. 

 

Xususan, O‘zbekiston innovatsiyalar orqali aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish va  transformatsion innovatsiyalarni joriy qilish, innovatsiyalarni amalga oshiruvchi institutlar va ularning faoliyati unumdorligi va raqobatbardoshligini oshirish sohalarida xalqaro hamkorlikka ochiq ekanligini ta'kidlab o'tdi.

 

Komissiya yig'ilishida Barqaror infratuzilma fondi bosh direktori Kristof Dossarps, Barqaror rivojlanish bo'yicha Butunjahon biznes kengashi siyosiy direktori Klea Kaske-Kuk, Compare fondi bosh direktori Jakob Lindvall, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijroiya kengashi a'zosi Joao Mendes Borga va Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi department boshlig'i Mehmet Uzunkaya kabi xalqaro eksperlar ham soha yuzasidan o'z fikr va tajribalari bilan bo'lishdilar.