Geonica - Quyosh energiyasi va qo’shimcha parametrlarini o‘lchash meteorologik minorasi

img

Geonica kompaniyasi tomonidan yaratilgan quyosh energiyasi va qo’shimcha parametrlarini o‘lchash meteorologik minorasi quyosh panellarini o‘rnatish joyini aniqlashda ishlatiladi. Ushbu qurilma 7 ta datchik bilan jihozlangan. Ular quyosh radiatsiyasi, shamolning yo‘nalishi va tezligini, havo namligi, bosimi va harorati bo‘yicha ma’lumotlar to‘playdi. Shuningdek, quyosh panellarining changlanish darajasini, ya’ni qancha vaqt mobaynida chang tushishi va tozalash zarur bo’lgan ma’lumotlarni aniqlab beradi. Meteorologik minora qo’shimcha quyosh panelidan quvvat olib ishlaydi va to’siqlardan holi bo’lgan joylarga o’rnatiladi. Ma’lumotlarni masofadan turib olish yoki belgilangan vahtda olish imkoniyati mavjud. Mutaxassislar tomonidan stansiya datchiklarida yig‘ilgan ma’lumotlar o’rganilib, qaysi joyga quyosh panellarini o‘rnatish uchun aniq ko‘rsatma beriladi.