Lidar ZX 300 – shamol energiyasi va uning qo‘shimcha parametrlarini o‘lchash qurilmasi

img

  ZXLidars kompaniyasi tomonidan yaratilgan Lidar texnologiyasi asosidagi ZX 300 Lidar qurilmasi 10-200 metrgacha bo'lgan balandlikda esayotgan shamol tezligi, yo’nalishi va 115 metr radius masofadagi barcha qo’shimcha parametrlarini aniqlab beradi. Qurilma iste’moliga zarur bo’lgan quvvatni quyosh panellaridan oladi va osmonni aniq ko’rish mumkin bo’lgan istalgan yer sathida joylashtirish imkoniyati mavjud. Qurilmaning asosiy vazifasi shamol generatorlarini o‘rnatishda optimal sharoitga ega bo'lgan nuqtani aniqlashdan iborat. Lidar ZX 300 qurilmasi shamol parametrlarini aniqlash uchun bir nuqtaga o‘rnatilgandan so'ng, 6 oydan 24 oygacha bo'lgan vaqt oralig'ida ma'lumotlar yig'adi va uzatib turish imkoniyatiga ega. Hozirda Lidar ZX 300 texnologiyasining 2 to‘plamini transfer qilingan.