Geoscan 201-Uchuvchisiz uchish qurilmasi
Geoscan - uchuvchisiz uchish qurilmasi kartografiyada, katta obyektlarni modellashtirishda va yo‘l qurilishlarida ishlatiladi. Ushbu kompleks radiusi 30km bo’lgan masofada davomiyligi 3 soatgacha bo‘lgan parvozlarni amalga oshira oladi. Geoscan 201 orqali kuniga 8000 gektargacha bo‘lgan maydonni suratga olish va ular yordamida ortofotoplan yasash imkonini beradi. Dron bortida joylashgan GNSS uzatkichi olingan suratlar koordinatalarini aniqlab ma’lumotlarni qayta ishlash sifatini oshirib beradi. Dron yordamida yo‘l qurilishlarida, suv, gaz quvurlari yo‘llarini loyihalashda ishlatiladi. Geoscan minimal 100 metr maksimal 4000 metr balandlikda parvoz qilib suratlar oladi. Dron avto boshqaruvga ega bo‘lib sputnik bilan bo‘glanish orqali amalga oshiradi.