FDM va SLA texnologiyasi asosida ishlovchi 3D printerlar
Ishlanmalarni rivojlantirish va ularni prototiplashtirishga ko'maklashish bo’limi mavjud texnik ba’zadan foydalangan holda 3D modellashtirish va prototiplashtirish, uchuvchisiz uchish qurilmalari va robototexnika yo’nalishlarida ishlab kelishmoqda. Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiyalar asrida 3D printerlar alohida o’rin tutadi. Malakali mutaxassislarimiz tomonidan modellash va prototiplash ishlarida FDM texnologiyasiga asoslangan Creality Ender 6, Flashforge Adventurer 3, Anycubic Kobra Max, cheksiz chiqaruv yuzasiga ega Ender CR-30, sanoat namunalari uchun Creatbot D600pro va SLA texnologiyasida ishlovchi Anycubic Photon Mono X printerlar ishlatilib kelinadi.