EinScan Pro 2X – yuqori aniqlikda ishlovchi portativ va ommabop 3D skaner

img

     

 

 

 

 

 EinScan Pro 2X  - 3D skaneri lazerli triangulyatsiya prinsipi asosida ishlaydi. Skanerda lazer nuri o‘lchanadigan nishonga ma’lum burchak ostida proyeksiyalanadi va lazerdan ma’lum masofada joylashgan kamera proyeksiyalangan tasvirni ko'radi. Natijada proyeksiyalangan tasvirlar dastur yordamida umumlashtirilib 3D modeli yaratiladi. Skanerning aniqlik darajasi 0,04mm, hajmiy aniqlik darajasi 0,1 mm +0,3 mm/m. Qurilmada 2 xil-tekis yuzalarni maxsus marker yopishtirib, dag‘al yuzalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri skaner qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari rangli jismlarning ham modelini yaratish mumkin. Skaner yordamida olingan ma’lumotlar o’zining dasturi yordamida  qayta ishlanib stl,obj,.. kabi fayllar olinib  CAD holatiga keltiriladi.