Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To'ychiyev va Xitoyning Tencent global kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili o'rtasida hamkorlik uchrashuvi o`tkazildi.

img

 

Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To'ychiyev va Xitoyning Tencent global kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili o'rtasida hamkorlik uchrashuvi o`tkazildi. 

✅Uchrashuvda Tencent kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik o`rnatish va birgalikda  video o`yinlar va sun’iy intellekt ishlanmalari  yaratish bo'yicha  muzokaralar o`tkazildi.

📌Tencent bu Xitoy va butun dunyodagi eng yirik investitsiya va venchur kompaniyalardan biri bo`lib, kompaniya biznesning turli yo‘nalishlari, jumladan, turli internet xizmatlari, sun’iy intellekt ishlanmalari va elektron ko`ngil ochar dasturlarni yaratishga ixtisoslashgan. Tencentning mashxur loyihalari qatoriga PUBG video o`yini va WeChat xabar almashish dasturi ham kiradi.