“O‘zbekiston-Eron” ilm-fan va innovatsiyalar forumi

img

 

Joriy yilning 20-iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston-Eronilm-fan va innovatsiyalar forumi o‘tkazildi. Forumda Eron Islom Respublikasining 45 ga yaqin innovatsion va yuqori texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlik subyektlarining vakillari ishtirok etdi, shuningdek 200 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy tadbirkorlik subyektlari, jami tadbirlarda 300 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

 Forum dasturiga muvofiq 15 dan ortiq yalpi majlis, “B2B” uchrashuv, taqdimot va muzokaralar tashkil etildi, ularning natijalari bo‘yicha respublikamiz manfaatlari mos tarzda kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Umumiy qiymati 22 mlndollarlik 7 ta memarondum hamda 
2 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi va 6,5 mln. dolllik
69 ta o‘zaro kelishuvlarga erishildi.