Shanxay Hamkorlik tashkiloti Texnologiyalar transferi Markazi va Innovatsiyalar Milliy ofisi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

img


"InnoWeek.uz-2022" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To'ychiyev hamda Shanxay Hamkorlik tashkiloti Texnologiyalar transferi Markazi direktori janob Djao Chunyuan o'zaro anglashuv memorandumini imzolashdi. 

Memorandum - Innovatsiyalar Milliy ofisi va ShHT texnologiyalar transferi markazi o`rtasida hamkorlikni o'rnatish va innovatsion texnologiyalarni birgalikda  ShHT mamlakatlari bozorlariga joriy etish va texnologiyalar transferini amalga oshirishga ko'maklashishni vazifalarini o’z ichiga olgan.