“Aviatsion va kosmik” oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati
Innovatsiyalar milliy ofisining “Aviatsion va kosmik” oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi xodimlari tomonidan 2 ta qurilma yaratildi.
Natijada, uchish koʻrsatkichi 46 ming metr balandlikni tashkil etgan Aerostat qurilmasi yaratildi hamda joriy yilning 26-29-may kunlari Boku shahrida oʻtkaziladigan “Teknofest Azerbaijan” festivalida “Aviatsion va kosmik” oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi vakillari tomonidan yaratilgan “Mars rover NazarX” innovatsion ishlanmasi prototipi festivalda namoyish qilindi.